Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviyning ma’lum qilishicha, IRQ rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroildan o‘ch olish haqidagi buyrug‘i bajariladi.
Fadaviyning so‘zlariga ko‘ra, «Hamas» terrorchilik guruhi Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Isroil rasmiylariga «to‘lov» qilish «Eronning burchidir».
«Inqilobimiz rahbarining buyruqlari barcha imkoniyatlarimiz bilan bajariladi. Hozirda bu Eronning qarzi», dedi Fadaviy. Undan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.