XAMASning sobiq yetakchisi Yahyo Sinvar vafot etgan kuni och bo‘lgan. U na taom yegan va na suv ichgan, lekin jang qilgan.
Isroil sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Falastinning XAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvar isroillik askarlar bilan to‘qnashuv vaqtida o‘limidan oldin 72 soat davomida ovqat yemagan.
Yahyo Sinvarning jasadi ekspertiza uchun yorib ko‘rilganda uning o‘limidan oldin uch kun ovqat yemagani ma’lum bo‘ldi. Bu esa Isroilning G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordamlari XAMAS tomonidan musodara qilinayotgani va falastinlik tinch aholi shu sababdan ochlikdan aziyat chekayotgani haqidagi yolg‘on bayonotlarining isboti bo‘ldi.