XAMAS harakati shu oyda yangi yetakchi saylamoqchi.
Tashkilot ichidagi ikkita manba Reuters agentligiga bu haqda xabar bergan.
XAMAS yetakchisi lavozimi 2024 yildan beri, Isroil Yahyo Sinvarni o‘ldirganidan keyin bo‘sh turibdi.
Xalil al-Hayya va Xolid Meshal XAMAS rahbarligiga asosiy da’vogarlar hisoblanadi.
Ikkala nomzod ham Sinvarning o‘limidan beri harakatni boshqarib kelayotgan besh kishidan iborat yetakchilik kengashining a’zolari. Uning salafi Ismoil Haniya 2024 yilda Eronga tashrifi chog‘ida Isroil tomonidan o‘ldirilgan.
Manbalarga ko‘ra, saylov jarayoni allaqachon boshlangan. XAMAS yetakchisi 50 kishidan iborat Sho‘ro Kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.