Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

XAMAS G‘azo sektori ustidan nazoratdan voz kechishga rozi

XAMAS G‘azo sektori ustidan nazoratdan voz kechishga rozi

Falastinning XAMAS harakati kelajakda G‘azo sektori ustidan nazoratdan voz kechishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda Al Arabiya o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"XAMAS AQShga G‘azo sektori ustidan nazoratdan voz kechish niyatida ekanligini tasdiqladi", - deya ta’kidladi manba.

Telekanal, shuningdek, XAMASni qurolsizlantirish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilganini qayd etadi. Bundan tashqari, G‘azoda xalqaro barqarorlik kuchlari tuzilgani yaqin orada e’lon qilinadi.

"Isroil qo‘shinlari G‘azodan tashqarida qoladi va bu sektorga ko‘proq gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish majburiyatini oladi", - deya ta’kidladi manbalar.

Avvalroq ikki nafar amerikalik mulozim Axios nashriga AQSh prezidenti Donald Tramp 25 dekabrga qadar G‘azo tinchlik jarayonining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilish va bu sektor uchun yangi boshqaruv organini e’lon qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 19:45. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!