Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

XAMAS G‘azo bo‘yicha muzokara stoliga o‘tirishga tayyorligini bildirdi

A A A
XAMAS G‘azo bo‘yicha muzokara stoliga o‘tirishga tayyorligini bildirdi

Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va u yerda saqlanayotgan barcha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga zudlik bilan qaytishga tayyorligini ma’lum qildi.

Tegishli bayonot harakatning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

"XAMAS zudlik bilan muzokaralar stoliga o‘tirib, urushni to‘xtatish, Isroil harbiylarini G‘azodan olib chiqib ketish va u yerda zudlik bilan ish boshlaydigan mustaqil Falastin hukumatini tuzish evaziga barcha garovga olinganlarni ozod etish masalasini muhokama qilishga tayyor", — deyiladi bayonotda.

Harakat rahbariyati, shuningdek, Vashington vositachilar orqali G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga oid qarashlarini yetkazganini tasdiqladi va XAMAS anklavdagi "tajovuzni to‘xtatishga qaratilgan har qanday tashabbuslarni olqishlashini" ta’kidladi.

Radikallar, shuningdek, "Isroilning kelajakdagi kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishiga kafolat berishni" talab qildi va "vositachilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan G‘azo bo‘yicha keng qamrovli kelishuvni ishlab chiqish uchun ishlayotganliklarini" ta’kidladi.

Avvalroq, 7 sentyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASdan G‘azo sektoridagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha uning shartlarini qabul qilishni talab qilgan va bu "oxirgi ogohlantirish" ekanligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 12:15 08.09.2025. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!