Falastinning HAMAS harakati Falastin Ozodlik Tashkiloti boshchiligidagi va butun mamlakat bo‘ylab saylovlarni o‘z ichiga oladigan siyosiy jarayonda ishtirok etishga tayyor.
Bu haqda harakat boshqaruv kengashi rahbari Muhammad Darvishning harakatning "Telegram"dagi rasmiy kanalida Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlarga yo‘llagan murojaatida aytilgan.
"Hamas butun falastinliklarning manfaatlarini ifodalashi, mamlakat bo‘ylab turli darajadagi umumiy saylovlar o‘tkazish, demokratik hayotni tiklash va xalqimizga o‘z rahbariyatini tanlash imkoniyatini berish uchun keng qamrovli sheriklik asosida "Falastin uyi"ni, xususan, FLOni yakuniy shakllantirish istagini yana bir bor tasdiqladi”, — deyiladi matnda.
4 mart kuni Misrda bo‘lib o‘tadigan Falastin bo‘yicha Arab Ligasining favqulodda sammitida ishtirok etadigan arab yetakchilariga yo‘llagan maktubida XAMAS vakili G‘azo sektorining kelajakdagi boshqaruvi uchun falastinliklar rozi bo‘lgan har qanday variantni ko‘rib chiqishga to‘liq tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, u harakatning "falastinga tegishli bo‘lmagan har qanday loyiha va ma’muriy shakllarni yoki anklav hududida har qanday xorijiy harbiy mavjudlikni o‘rnatishga urinishlarni" "qat’iy rad etishini" ta’kidladi.