Xalqaro valyuta jamg‘armasi Eron bilan urush davom etsa, qaysi iqtisodiyotlar qo‘shimcha moliyalashtirishga muhtoj bo‘lishi mumkinligini baholash uchun turli mamlakatlar bo‘ylab ssenariy modellashtirishni amalga oshirmoqda.
Bu haqda Bloomberg nashri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Hisobotda aytilishicha, XVJ o‘z mamlakat guruhlaridan joriy hisobvaraqlardagi pozisiyalar va potensial moliyalashtirish ehtiyojlari kabi masalalar bo‘yicha tahlillarini baham ko‘rishni so‘ragan va baholash mavjud moliyalashtirish dasturlariga ega mamlakatlarga qaratilganligi ta’kidlangan.