Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Kecha, 3 dekabr kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugdagi zamonaviy qiyofada qayta bunyod etilgan “Nukus” dala-o‘quv maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, hududiy harbiy-ma’muriy sektori rahbari Murat Kamalov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qaxramon Sariyev, Mudofaa vazirligi va harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faxriylar ishtirok etdi.

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov o‘z nutqida dala-o‘quv maydonining infratuzilmasini takomillashtirishda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalar ekan, jumladan shunday dedi: “Hech ikkilanmay aytishim mumkinki, “Nukus” dala-o‘quv maydoni zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro darajadagi poligon bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”.

Shuningdek, mudofaa vaziri “Nukus” dala-o‘quv maydonida endilikda xalqaro miqyosdagi armiya o‘yinlarini ham o‘tkazish imkoni borligini ta’kidlab, milliy armiyamizning nufuzli poligonlari qatoridan joy olganini e’tirof etdi hamda ana shunday bunyodkorlik ishlarida amaliy ko‘mak bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbariyatiga va qoraqalpoq xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Tadbir davomida poligon qurilishi va qayta ta’mirlash ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar va quruvchi-pudratchi tashkilot rahbarlari mudofaa vaziri nomidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, yangi qiyofa aks etgan zamonaviy dala-o‘quv maydonining ochilishi munosabati bilan Jo‘qorg‘i Kenges raisi nomidan poligonga esdalik sifatida sovg‘a topshirildi. Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda Nukus harbiy gospitali moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida zamonaviy, so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan reanimobil maxsus texnikasi topshirilishi harbiy okrug jamoasiga o‘zgacha tuhfa bo‘ldi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi harbiy-ma’muriy sektori ko‘magi bilan “Nukus” poligonida 13 ta harbiy va ijtimoiy ob’ektlarda to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Xususan, poligonda zamonaviy ko‘rinishda ixcham va qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan 400 o‘rinli ikkita yotoqxona va o‘quv binosi, 300 o‘rinli oshxona yangidan qurildi va zarur uskuna hamda jihozlar bilan ta’minlandi.

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Shuningdek, poligonda boshqaruv punkti, 7 ta o‘quv sinfi, 10 ta o‘rinli tibbiyot punkti hamda harbiy xizmatchilar uchun kafeteriy qayta qurildi. Maxsus bo‘linmalar bilan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini real vaziyatga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holatda o‘tkazish maqsadida razvedka bo‘linmalari uchun yaqin jang olib borish shaharchasi, merganlar yo‘lagi hamda taktik va maxsus mashqlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘p qavatli bino qad rostladi.

Harbiy xizmatchilarning jismonan chiniqishi hamda turli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanishi uchun mini-futbol stadioni, gimnastik shaharchasi, voleybol maydonchasi hamda ringni o‘z ichiga olgan ochiq sport majmui barpo etildi.

 Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladiJangovar va harbiy texnikalarni saqlashga mo‘ljallangan yangi jangovar texnikalar parki, radiasion, kimyoviy, biologik qurollardan himoyalanish shaharchasi, jamoaviy ruhiy barqarorlikni shakllantirish inshootlarida qurilish va zamonaviy andozalar asosida jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Barcha kuch va vositalarni boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy dizayn va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 2 qavatli qo‘mondonlik kuzatuv minorasi qurildi. O‘q otish tirlari hamda BTR va tankdan o‘q otish direktrisasi takomillashtirildi.

Ushbu poligonda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridan tashqari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligining harbiylashgan bo‘linmalari ham nazariy bilimlarini amalda mustahkamlab kelmoqda.

Olib borilgan ko‘lamli ishlar natijasida cho‘lning o‘rtasida joylashgan “Nukus” poligoni sahrodagi “oaziz” kabi bu yerga yangi hayot bag‘ishlab, endilikda yurt himoyachilarining jangovar shayligini yuksaltirishga katta hissa qo‘sha oladi.

Tantanali marosimdan so‘ng mehmonlar poligon hududida yaratilgan qulay sharoitlar, yangi bino va o‘quv-mashq ob’ektlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng mehmonlarga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug, DXX Chegara qo‘shinlari hamda Milliy gvardiya bo‘linmalari ishtirokida majmuaviy maxsus-taktik o‘quvi namoyish etildi.

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Tashrif buyurgan mehmonlar harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan tashabbuskorlik g‘oyalari asosida yaratilgan hamda harbiy xizmatda foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratadigan rasionalizatorlik ishlanmalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati san’atkorlari hamda Nukus garnizoni harbiy orkestri tomonidan harbiy xizmatchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Xalqaro talablarga mos yangicha qiyofadagi “Nukus” dala-o‘quv maydoni qad rostladi

Kiritildi: 18:44 04.12.2020. O'qildi: 2555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!