Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQShdan ekstradisiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQShdan ekstradisiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining AQShdagi yashash manzili aniqlanib, Vatanga qaytarib kelindi.

O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosining axborot ko‘magi hamda AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli, mamlakatimiz huquq-tartibot organlari tomonidan qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi va mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda edi.

O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari va AQShning vakolatli organlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar hamda o‘zaro ma’lumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv e’lon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

AQShning Immigrasiya va bojxona polisiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida jinoyatchi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga keltirilgan va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

Kiritildi: 15:20 03.06.2025. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!