Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xalqaro koinot stansiyasining suv osti muqobili ishlab chiqiladi

Xalqaro koinot stansiyasining suv osti muqobili ishlab chiqiladi

Dengiz texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlari va ishlanmalari bilan tanilgan Buyuk britaniyaning Deep kompaniyasi Sentinel tadqiqot bazasi loyihasini – Xalqaro koinot stansiyasining suv osti muqobilini taqdim etdi.

U okeandagi barcha tirik organizmlarning eng yuqori konsentrasiyasi – 90 foizgacha bo‘lgan epipelagik zonada, taxminan 200 metr chuqurlikda quriladi.

Hozirda loyiha faol texnik loyihalash va ishlab chiqishga kirishish bosqichida. Mavjud suv osti stansiyalari bilan solishtirganda (odatda vaqtinchalik va doimiy), Sentinel oldinga qo‘yilgan sezilarli qadamdir. U butunlay avtonom, modulli tuzilishga ega bo‘lib, uning hajmini oshirish, qayta qurish, paydo bo‘ladigan vazifalarga qarab konfigurasiyani o‘zgartirish imkonini beradi.

Sentinelga suv osti kemalari yordamida yetib borish mumkin. Unda ishlayotgan olimlar uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Ularda umumiy joylarga tutash tadqiqot laboratoriyalari, bir kishilik karavotli kichik yotoqxonalar va ko‘ngilochar maydonlar bo‘ladi. Hammom va hojatxona bo‘ladi.

Stansiya 2027 yilda foydalanishga topshirilgunga qadar yana ko‘plab texnik muammolarni hal qilish talab etiladi. Xususan, ulkan bosim sharoitida tizimning barqarorligini ta’minlash, zarur miqdorda kislorod va elektr energiyasini yetkazib berish lozim.

Sentinel qayta tiklanuvchi energiya manbaidan quvvat oladi, chiqindilarni qayta ishlash uchun kuchli bioreaktor o‘rnatiladi, deb xabar beradi techcult.ru.

Kiritildi: 23:05 18.09.2023. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!