Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro jinoyat sudi ikki tolib yetakchisiga hibs orderi chiqardi

Xalqaro jinoyat sudi ikki tolib yetakchisiga hibs orderi chiqardi

2025 yil 8 iyul kuni Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Afg‘onistonda ayol va qizlarni ta’qib qilishda ayblangan Tolibon rahbarlari — Oliy rahbar Hibatulloh Oxunzoda va bosh sudya Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan hibsga olish orderi chiqardi.

Sudga ko‘ra, ular 2021 yildan buyon jinsiga asoslangan ta’qib, ta’limdan mahrum qilish, harakat va so‘z erkinligini cheklash kabi harakatlar uchun jinoiy javobgar hisoblanadi.

Tolibon bu qarorni “axmoqlik” deb atab, XJSni tan olmasligini bildirdi. Xalqaro tashkilotlar mazkur qarorni ijobiy baholab, uni adolat sari muhim qadam deb atadi.

Kiritildi: 18:05 09.07.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!