So‘rov Ukrainadagi energetika ob’ektlariga berilgan zarbalar yuzasidan yuborilgan, deyiladi Deutsche Welle nashrida.
Bu haqda Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasi idorasi ma’lum qildi. Avvalroq Litva tashqi ishlar vaziri Kestutis Budris Ukrainaga zarbalar berishga aloqador Rossiya fuqarolariga nisbatan hibsga olish orderlarini berishni so‘rab chiqish qilgan edi.
"Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti talablariga ko‘ra, gumon qilinayotgan jinoyatlar haqidagi ma’lumotni istalgan davlat fuqarosi taqdim etishi mumkin. Odatda sud ariza beruvchining shaxsiga izoh bermaydi. Biroq bu holatda, arizachi mazkur ma’lumotni o‘zi oshkor qilgani sababli, tegishli murojaat qabul qilinganini tasdiqlashimiz mumkin", deya qayd etilgan XJS bayonotida.
Sud, shuningdek, Ukrainadagi jinoyatlar bo‘yicha tergov guruhi allaqachon faoliyat yuritayotgani bildirdi. Budris tomonidan yuborilgan murojaat baholash uchun ushbu guruhga topshiriladi. Sud vakillari tergovning maxfiyligi hamda guvohlar va axborot manbalarini himoya qilish zarurati sababli nashrga qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan.
Litva Rossiyaning Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga bergan zarbalarini genosid sifatida baholanib, bu holatni “ukrainaliklarni jismonan yo‘q qilishga qaratilgan maqsadli reja” dan boshqa tarzda tasniflab bo‘lmasligi ta’kidlangan.