Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solish va bojxona ekspertizasi boshqarmasining sinov laboratoriyasida o‘tkazilayotgan sinovlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, jahon mamlakatlari tan olgan xalqaro “ISO 17025-2019” standarti laboratoriya faoliyatini to‘liq qamrab olgan holda uning shaffofligini ta’minlovchi vositalardan biri hisoblanadi.
«O‘zbekiston akkreditasiya markazi» DUK tomonidan DBQ Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi sinov laboratoriyasini to‘qimachilik mahsulotlarini sinash sohasi baholanib, ushbu xalqaro standart talablariga mosligi tekshirildi va laboratoriyaning kompetentlik darajasi baholandi.
Laboratoriyada har bir to‘qimachilik mahsuloti chuqur kimyoviy, jumladan, sellyuloza va poliefir tolalarining aralashmasi, elastanning boshqa tolalar bilan aralashmasi kabi tahlillardan o‘tkaziladi.
Baholash natijalariga ko‘ra, bojxona laboratoriyasini xalqaro “ISO 17025-2019” standarti talablariga mosligi aniqlanib, tegishli akkreditasiya guvohnomasi berildi.