Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berildi

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berildi

Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organlarning ko‘rsatayotgan davlat xizmatlari doimiy ravishda monitoring qilinmoqda. Aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmoqda.

Jumladan, Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga o‘qish va imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan 309 nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilmagani aniqlandi.

Shu sababli, Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini ma’muriy reglamentga muvofiq to‘liq qoplab berilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida jami 132 nafar yoshlarning 236 million 850 ming so‘m miqdoridagi imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi ta’minlandi.

Bugungi kunda vakolatli organ tomonidan qolgan 177 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kiritildi: 10:55 07.01.2025. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!