Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xalqaro imij siyosatida turizm asosiy instrument

A A A
Xalqaro imij siyosatida turizm asosiy instrument

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan MDXMI bitiruvchilarining V xalqaro forumida O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori A.Abduvaxitov, Kambodja Qirolligining yoshlar va sport ishlari bo‘yicha ta’lim vaziri N. Xang Chuon, Moskva viloyati madaniyat vaziri N.Shiraliyeva, YUNESKO sobiq bosh direktori I.Bokova va boshqa ekspertlar xalqaro imij siyosati, xususan xalqaro maydonda O‘zbekiston maqomini yanada oshirishga daxldor masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

YUNESKO sobiq bosh direktori I.Bokovaning ta’kidlashicha, mamlakat imijini oshirishda turizm asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, bugungi kunda jahon YAIMning 10 foizi, xalqaro eksportning 30 foizi turizm hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklarga boyligi, madaniy turizmni rivojlantirish uchun yetarli shart- sharoitlarga egaligi, viza rejimida yaratilgan qulayliklar hisobga olinsa, mamlakat turizm borasida ulkan salohiyatga ega.

I.Bokova ana shu salohiyatdan unumli foydalanish borasida tavsiyalar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan 2019 yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytirilgan, 5 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilingan.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2019 yilning 1 fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 05:45 28.05.2019. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!