O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi "Ekomedia" davlat muassasasi rahbari Otabek Ashurov "CAEX" markaziga tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning 4–7 mart kunlari “Central Asia Eco Tech-2024” loyihasi doirasida “CAEX” ko‘rgazmalar markazida xalqaro ekologik ko‘rgazmasi ilk marotaba o‘tkaziladi.
Otabek Ashurov markaz bosh menejeri Mario Pinxeiro bilan uchrashib, yaqinda ish boshlagan “CAEX” ko‘rgazmalar markazidagi shart-sharoitlar va ishtirokchilarga yaratiladigan imkoniyatlar yaqida suhbatlashdi.
Shuningdek, tashrif davomida zamonaviy pavilyonlar bilan yaqindan tanishishdi.
Qolaversa, tashkilotchilarga ko‘rgazma doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradigan ilg‘or ekologik texnologiyalar, innovasiyalar va yechimlarni targ‘ib qilish hamda namoyish etishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.