Joriy yilning 20 avgust kuni olingan “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi”ning ekspertiza xulosalariga asosan, Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari hamda AXX xodimlari tomonidan “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqarolar shubha ostiga olinib, tegishli tartibda tekshirildi.
Unga ko‘ra, ushbu fuqarolar tomonidan jami 427 mln 260 ming so‘mlik, og‘irligi 427, 26 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlarining yarim-tayyor ekani aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
ESLATMA: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 iyuldagi 104-son Farmoniga muvofiq, Asillik inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi.