Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Mas’udov vafot etdi

Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Mas’udov vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Xalqaro A.Nobolsin mukofoti laureati va xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Fathiddinovich Mas’udov kecha, 6 fevral kuni 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Xayriddin Mas’udov 1937 yil 27 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1956 yilda texnika sohasida boshlagan, keyinchalik butun umrini ta’limga bag‘ishlagan.

U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2017 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Kiritildi: 15:58 07.02.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!