Xususan, 20-sonli umumta’lim maktabining 33 sotixli yer maydoni, 2 ta omborxona binosi fuqaro B.M ga me’yoriy hujjat talabiga zid ravishda 60 million so‘mga sotib yuborilgan.
Sobiq 60-sonli umumta’lim maktabining o‘quv korpusi, bino-inshootlar hamda unga tutash 85 sotix yer maydoni 2018 yilda kim oshdi savdosi orqali 200 million so‘mga sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, tumandagi 18 ta umumta’lim maktablarining 29 nafar o‘qituvchilariga berilgan malaka toifasi muddati o‘tgan bo‘lsada bo‘lim mansabdor shaxslari tomonidan soxta hujjatlar tayyorlanib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Transport vositalari, noutbuklar va boshqa tovar-moddiy boyliklar ham noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi. Rishton tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.