Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xakerlar O‘zbekistondagi yana bir bankning pullarini yechib oldi

A A A
Xakerlar O‘zbekistondagi yana bir bankning pullarini yechib oldi

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda “Asakabank” AJ hisob raqamidan 700 ming dollar o‘g‘irlangani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Bank holatga rasmiy izoh berib, ushbu hodisa mijozlarining jamg‘armalariga ta’sir qilmasligini va ularning mablag‘lari to‘liq xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda “Asakabank” AJ axborot tizimlariga amalga oshirilgan kiberxujumlar aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avval InFinBank ham bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar hujumiga uchragan edi.

Kiritildi: 07:31 20.09.2022. O'qildi: 8072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!