Federal soliq xizmati UFC'ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning soliqlarni to‘lamagani uchun uning hisob raqamlarini blokladi. Bu haqda Mash telegram-kanalida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, Federal soliq xizmati jangchining ikkita kompaniyasi: “Futbol to‘pi muzeyi” va “Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi”ning hisoblarini bloklagan.
Avvalroq Eagle FC, Nurmagomedov xayriya fondi va Hikmet Travel sayyohlik kompaniyasining akkauntlari allaqachon bloklangan edi.