Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevning kamar uchun jangini anons qildi

Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevning kamar uchun jangini anons qildi

Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jamoadoshi Islam Maxachevning kamar uchun jangini anons qildi.

Maxachev kutilganidek yarimo‘rta vaznda amaldagi divizion chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu chempionlik jangi noyabr oyida AQShning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 322 turnirining markaziy to‘qnashuvi bo‘ladi.

Bu haqda aynan Nyu-Yorkda jurnalistlar va muxlislar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Islamning bosh murabbiyi Xabib Nurmagomedov xabar berdi.

"Ular shu yerda, Nyu-Yorkda jang o‘tkazishadi. Ali Abdel-Aziz bu xabarni oshkor qilganim uchun mendan xafa bo‘lsa kerak. Bu uning muammosi. UFC bilan Ali gaplashadi. Lekin bizga jang "Medison Skver Garden"da bo‘ladi deb tasdiqdan o‘tgan xabarni aytishdi", – dedi Xabib.

Raqamlangan UFC 322 turnirining sanasi hali rasman e’lon qilinmagan. Lekin katta ehtimol bilan bu kutilayotgan turnir 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Avstraliyalik Jek Della Maddalena shu yilning may oyida Belal Muhammadni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, yarimo‘rta vazn chempioni bo‘ldi. Islam Maxachev esa yengil vazndagi kamarini vakant qoldirishi ortidan Maddalenaga qarshi oktagonga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 22:47 03.08.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!