Madridning “Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa rahbariyatidan ikki nafar futbolchini sotib olishni so‘radi.
Alonsoga “Shtutgart“ futbolchisi Angelo Shtiller va “Komo“ a’zosi Nikolas Pas kerak.
Angelo yakunlangan mavsumda Germaniya jamoasi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. Niko esa o‘tgan mavsum A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 6 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.