Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xabi Alonso: "Murabbiylikka o‘qiyotganimda barchaga Messini qanday to‘xtatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tilardi"

Xabi Alonso: "Murabbiylikka o‘qiyotganimda barchaga Messini qanday to‘xtatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tilardi"

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso ayni damda "Inter Mayami" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Murabbiylikni o‘rganayotganimda ko‘plab o‘qituvchilar raqibni qanday to‘xtatish bo‘yicha bir soatlik mashg‘ulotlar o‘tkazishardi va mashg‘ulot oxirida biz muhokama qilgan narsalarning barchasi bitta o‘yinchiga tegishli ekanligi va bu o‘yinchi Messi ekanini aytishardi. Shunday ekan, men o‘zimni baxtli murabbiy deb hisoblayman, chunki u bilan to‘qnash kelishimga to‘g‘ri kelmaydi, chunki unga qarshi o‘ynash - futboldagi eng qiyin narsa", - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Messi World.

Kiritildi: 18:55 14.09.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!