Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi yoki Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkin

A A A
 WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi yoki Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp shu hafta Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, chunki u Rossiyaning Ukrainaga uyushtirayotgan hujumlaridan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda, deb yozadi gazeta o‘z manbalariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, agar sanksiyalar joriy qilinsa ham, ular yangi moliyaviy cheklovlarni o‘z ichiga olmaydi. Biroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga muzokara stoli ortida yon berishga majbur qilish uchun boshqa bosim choralari muhokama qilinmoqda. Ular orasida Rossiya doim rad etib kelayotgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish talabi ham bor.

Avvalroq Tramp o‘tgan hafta oxirida Ukrainaga qilingan keng ko‘lamli hujumdan so‘ng sanksiyalar kiritish ehtimoli haqida gapirgan edi. Keyinroq u yana Putinni keskin tanqid qilib, uni "butunlay aqldan ozgan" deb atadi.

"Tramp tinch yo‘l bilan mojaroni hal qilishga urinishlardan charchagan va agar bu sa’y-harakatlar samara bermasa, muzokaralardan butunlay voz kechish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Qo‘shma Shtatlar muzokaralardan chiqsa nima bo‘lishi va Tramp Kiyevga harbiy yordamni davom ettiradimi-yo‘qmi bu hozircha noma’lum, deb yozadi nashr.

"Prezident Tramp muzokaralar yo‘li bilan erishilgan tinchlik kelishuvini ko‘rishni istayotganini aniq bildirib o‘tgan", — deyiladi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning WSJ'ga bergan bayonotida.

Vashington muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqida The New York Times ham yozgan edi. Biroq ushbu nashr manbalariga ko‘ra, Tramp Yevropa yetakchilariga Moskvaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirish niyati yo‘qligini bildirgan.

Kiritildi: 10:00 27.05.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!