Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

WSJ: Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishni rad etsa, Yevropa Ittifoqi “Shimoliy oqim 2”ni bloklashi mumkin

WSJ: Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishni rad etsa, Yevropa Ittifoqi “Shimoliy oqim 2”ni bloklashi mumkin

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Leen Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan agar Moskva Ukraina bilan G‘arb taklif qilgan 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini to‘sib qo‘yish imkoniyatini muhokama qildi.

Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi Yevropa Ittifoqining ismi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib yozdi, deb xabar beradi “Report”.

"Fon der Leen juma kuni Bryusselga tashrif buyurgan Germaniya yangi kansleri Fridrix Merts bilan blok (EI - tahr.) "Shimoliy oqim 2" ga qarshi sanksiyalar joriy etish g‘oyasini muhokama qildi", deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalar YEIning yaqinda taklif qilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketidan alohida amalga oshiriladi. Manbalarning ta’kidlashicha, agar Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan voz kechsa yoki “buzsa” yuqorida qayd etilgan chora amalga oshiriladi.

Kiritildi: 07:35 11.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!