Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

WSJ: Yevropa NATO'ning AQShsiz kelajagi masalasini muhokama qilmoqda

WSJ: Yevropa NATO'ning AQShsiz kelajagi masalasini muhokama qilmoqda

"Gap Yevropadagi yadroviy tiyib turish tizimi va NATO harbiy tuzilmalarini boshqarish masalalari haqida ketmoqda. Bunday ehtimoliy ssenariylarni tahlil qilish o‘tgan yili boshlangan, ammo Berlinning pozisiyasi o‘zgargach, jarayon keskin tezlashgan", deya yozadi nashr.

Germaniya uzoq yillar davomida Fransiyaning Yevropaning mudofaa suverenitetini kuchaytirish haqidagi chaqiriqlariga ehtiyotkorona yondashib kelgan. Tahlilchilarga ko‘ra, Yevropa davlatlari oxirgi oylarda Vashingtonga qaramlikni kamaytirish yo‘llarini faolroq muhokama qila boshlagan, ammo Germaniyaning yangi yondashuvi bu jarayonga alohida turtki bergan.

Germaniya kansleri Fridrix Mers 2025 yil oxirida o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqqan. Bu qarorga Donald Trampning alyansga munosabati, Ukraina bo‘yicha pozisiyasi va Qo‘shma Shtatlarning uzoq muddatli ishonchli ittifoqchi bo‘lib qolishiga doir shubhalar sabab bo‘lgan. Nashrga ko‘ra, Mersni ayniqsa Trampning Rossiya–Ukraina urushi bo‘yicha bayonotlari va NATO doirasida aniq qadriyatlarga tayanmaydigan siyosiy yondashuvi tashvishga solgan.

Reja ustida ishlayotgan amaldorlar ba’zan bu g‘oyani shartli ravishda “Evropacha NATO” deb atamoqda. Bu yondashuv yangi muqobil alyans tuzishni emas, balki alyansning amaldagi tuzilmalarini saqlab qolgan holda, operativ boshqaruvda yevropaliklar ulushini oshirishni nazarda tutadi. Hozirgacha NATO harbiy tuzilmalarida asosiy rahbarlik roli ko‘p jihatdan amerikaliklar qo‘lida bo‘lgan.

Norasmiy uchrashuvlarda havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini kim boshqarishi, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha kuchlarni yetkazish koridorlari, ta’minot yo‘nalishlari va yirik harbiy mashqlar kabi aniq masalalar muhokama qilinmoqda. Yana bir o‘ta nozik masala — AQShning yadroviy “qalqoni” o‘rnini Yevropa mexanizmi bilan to‘ldirish ehtimoli. WSJ'a ko‘ra, Mers bu mavzuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhokama qilishni boshlagan.

"Germaniya pozisiyasining o‘zgarishi kengroq konsensus yuzaga kelishida muhim omil bo‘lgan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Shimoliy Yevropa davlatlari va Kanada NATO'ni “evropalashtirish” g‘oyasini alyans ichidagi bir turdagi “ko‘ngillilar koalisiyasi” sifatida ko‘ra boshlagan. Bu yondashuvning maqsadi AQSh ishtirokini qisqartirgan taqdirda ham NATO'ning ishlash qobiliyatini saqlab qolish", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!