AQSh Yaqin Sharqqa «USS George Washington» aviatashuvchisini yubormoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «USS George Washington» boshchiligidagi aviatashuvchi zarbdor guruh mintaqada 250 kundan ortiq vaqtdan beri xizmat qilayotgan «USS Abraham Lincoln» aviatashuvchisini almashtirish uchun yo‘l olgan.
Shu tariqa, AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibida navbatdagi rotasiyani amalga oshirishga tayyorlanmoqda.