Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

World Boxing Bahodir Jalolovni Muhammad Ali bilan bir qatorga qo‘ydi

World Boxing Bahodir Jalolovni Muhammad Ali bilan bir qatorga qo‘ydi

World Boxing federasiyasi matbuot xizmati dunyoning eng yaxshi havaskor boks ustalarining ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga boks afsonasi Muhammad Ali, kubaliklar Feliks Savon va Teofilio Stivenson, ukrainalik Vasiliy Lomachenko, amerikalik Klarissa Shilds va ikki karra Olimpiada chempioni, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov kiritilgan.

«2025-yilda Liverpulda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida, albatta, yangi olimpiada boks yulduzlari dunyoga keladi. Biz sizdan eshitmoqchimiz: Olimpiada boks uslubidagi tarixdagi eng buyuk bokschi kim?» — deyiladi rasmiy Instagram sahifasida.

Qayd etish kerakki, 2024-yilgi Parij Olimpiadasidan so‘ng o‘zbekistonlik bokser havaskor boksdagi faoliyatini yakunlab, professional ringga o‘tgan edi. U hozirgacha o‘tkazgan so‘nggi jangini 5-aprel kuni Astanada o‘tkazib, hakamlar bir ovozdan qaroriga ko‘ra ukrainalik Igor Shevadzutskiyni mag‘lub etdi.

Kiritildi: 19:01 11.09.2025. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!