"Microsft" kompaniyasi "Windows CorePC" deb nomlangan yangi operasion tizim loyihasi ustida ishlamoqda.
Yangi operasion tizim barcha qurilmalarga (kompyuter, noutbuk, planshet va mobil telefonga) moslashuvchan va o‘zining sun’iy intellektiga ega bo‘ladi.
Loyihada video va foto tasvirlarni maxsus qo‘shimcha dasturlarsiz sun’iy intellekt yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish va tahrirlash mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, sun’iy intellekt foydalanuvchiga qidiruv tizimlarida o‘zining takliflarini kiritadi va suratdagi yozuvlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazib bera oladi.
Yangi operasion tizimni tashqi ta’sirlardan himoyalash maqsadida administratordan tizimning fayllarini uchirib yuborish huquqi olib tashlangan.
"Microsft" ushbu loyihadan tashqari "Windows 10X" va "Windows Core OS" loyihalarni tugatganini ma’lum qilgan.
Manba: securitylab.ru