Wildberries tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi.
Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
WILDBERRIES O‘zbekistonda "WB INT EXPORT" MCHJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024 yillar uchun byudjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e’tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.