Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Wi-Fi tarixda qolishi mumkin: yangicha aloqa tizimi va yorug‘lik birlashmoqda

Wi-Fi tarixda qolishi mumkin: yangicha aloqa tizimi va yorug‘lik birlashmoqda

Koreyalik olimlar yaratib bergan Li-Fi texnologiyasi an’anaviy Wi-Fi o‘rnini bosishga tayyor. U nafaqat ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatadi, balki yorug‘lik orqali yuqori xavfsizlikni ham ta’minlaydi.

Ma’lumot almashinuvida inqilobiy yondashuv sifatida baholanayotgan Li-Fi texnologiyasi radioto‘lqinlar o‘rniga ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik spektrida ishlaydi. Bu texnologiya ma’lumotlarni LED chiroqlar orqali uzatishga asoslangan bo‘lib, Wi-Fi’ga nisbatan ham xavfsiz, ham tezkor hisoblanadi. Chiroqlar odam ko‘zi sezmaydigan darajada tez yonib-o‘chib, ma’lumot signallarini yaratadi. Ular maxsus qabul qiluvchi qurilmalar yordamida qayta ishlanadi va foydalanuvchiga yetkaziladi.

Li-Fining asosiy afzalligi — uning signallari faqat yorug‘lik tarqalgan hududda ishlaydi. Shu bois, ma’lumotlar hech qanday tashqi muhitga chiqmaydi va buzib kirish ehtimoli deyarli yo‘q. Bu esa davlat idoralari, moliya tizimlari, armiya va xususiy ma’lumotlar bilan ishlovchi sektorlar uchun katta ahamiyatga ega.

Garchi avval Li-Fi tizimlarida shifrlash uchun alohida dasturiy yordam kerak bo‘lsa, Koreyadagi KAIST universiteti va Koreya standartlar va ilmiy tadqiqot instituti bu muammoni bartaraf etdi. Ular ishlab chiqqan yangi uskuna ma’lumotlarni nafaqat uzatadi, balki bir vaqtning o‘zida yorug‘lik orqali shifrlaydi ham. Bu funksiya tashqi dasturiy ta’minotga ehtiyojni yo‘qotadi va xavfsizlik darajasini yanada oshiradi.

Tahlilchilar fikricha, Li-Fi texnologiyasi nafaqat uylarda, balki sanoat avtomatlashtirish, avtopilot tizimlari, aqlli shahar loyihalari va tibbiyot kabi sohalarda ham keng qo‘llanilishi mumkin. LED yorug‘lik tizimlari dunyo bo‘ylab ommalashayotgani esa Li-Fi uchun zarur infratuzilmani ta’minlashni osonlashtiradi. Shuningdek, u elektromagnit ifloslanishni kamaytirishi orqali ekologik jihatdan ham ma’qul hisoblanadi.

Kiritildi: 19:19 31.07.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!