Italiyalik olimlar Wi-Fi signali yordamida odamlarni bino ichida kuzatish mumkinligini fosh etdi.
Mutaxassislar insonning biometrik identifikatorini yaratdilar. Usul inson tanasi Wi-Fi signallarini buzishi va ularning tarqalishini oldini olishiga asoslanadi. Neyron tarmoqdan foydalanib, buni yozib olish, shu bilan odamlarni kuzatish mumkin.
Ushbu usul oddiy kuzatuv kameralariga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Misol uchun, u yorug‘lik bo‘lmasa ham ishlaydi, Wi-Fi signallari devorlardan yaxshi o‘tadi va butunlay ko‘rinmaydi. Barcha ma’lumotlar asosida insonning noyob biometrik izi qoldirish mumkin.