Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

WBA reytingida uch bokschimiz birinchi bo‘ldi

A A A
WBA reytingida uch bokschimiz birinchi bo‘ldi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

Jumladan, Olimpiya o‘yinlarining amaldagi chempioni Hasanboy Do‘smatov minimal vazn toifasida, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev va yarim o‘rta vaznda

Shahram G‘iyosov reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Super yarim o‘rta vaznda jang qilayotgan Isroil Madrimov esa uchinchi o‘rin deya e’tirof etildi.

Shuningdek, yarim yengil vaznda ringga ko‘tarilayotgan Otabek Xolmatov 5, super o‘rta vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziyev 6-o‘ringa joylashdi.

Birinchi yarim yengil vazn toifasida

Muhammad Shexov kuchli o‘nlikka yakun yasab bergan bo‘lsa, super yengil vazndagi Botir Ahmedov WBA reytingida 13-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: 09:30 15.09.2024. O'qildi: 4729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!