Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Voy-vo‘! AQShda 30 ming yillik qamoq jazosi ham tayinlanadi. Nega?

Voy-vo‘! AQShda 30 ming yillik qamoq jazosi ham tayinlanadi. Nega?

Ehtimol, siz AQShda qaysidir jinoyatchiga bir necha ming yillik qamoq jazosi hukmi chiqarilishi haqida eshitgandirsiz. Albatta, bu qadar uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tashning iloji yo‘q. Chunki hech kim bu qadar uzoq umr ko‘rmaydi.

U holda nega Amerikaning ba’zi federal yoki shtat qonunlarida bunday ehtiyot choralari nazarda tutiladi?

AQShda boshqa bir qator davlatlardan farqli bir nechta moddalarda ayblangan jinoyatchilarga nisbatan qamoq jazosining umumiy muddati qo‘llaniladi. Ya’ni, agar shaxs bir nechta jinoyat sodir etgan bo‘lsa, ularning jazo muddati jamlanadi. Shu tarzda ayrim o‘ta xavfli jinoyatchilar bir necha ming yil muddatli qamoq jazosiga hukm qilinadi. Biroq ushbu jazolarni o‘lim jazosiga o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Bu oson ish emas. Chunki AQShning ko‘plab shtatlarida o‘lim jazosi bekor qilingan. Shuningdek, Amerikada mahbusni muddatidan oldin ozodlikka chiqarish qonuni ham mavjud. Bunday qonunga ko‘ra, ma’lum vaqt qamoq jazosini o‘tagan mahbus muddatdan ilgari ozodlikka chiqish to‘g‘risida murojat qilishi mumkin. Shuning uchun jinoyatchi bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, bir hukm bo‘yicha muddatidan ilgari ozodlikka erishgan taqdirda ham u keyingi hukmda nazarda tutilgan bir umrlik jazoni o‘tashni boshlaydi.

Misol uchun, Oklaxoma shtatida “85 % qoidasi” mavjud. Mazkur qonunga binoan jinoyatchi muddatdan ilgari ozodlikka chiqishni so‘rashdan oldin u hukm qilingan qamoq muddatining 85 foizini o‘tagan bo‘lishi shart. Jinoyatchi bir necha ming yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa-chi? U holda muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilishi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Insoniyat tarixidagi eng uzoq muddatli qamoq jazosi

Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan eng uzoq muddatli qamoq jazosi zo‘ravon va qotil Charlz Skott Robinsonga nisbatan qo‘llanilgan. Hakamlar hay’ati Oklaxoma shtati sudyasidan har bir isbotlangan vahshiy qotillik uchun jinoyatchiga 5 ming yil qamoq jazosi berilishini talab qilishdi. Shunday qilib, har bir muddat navbati bilan o‘talishi sharti bilan Robinson 30 ming yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kiritildi: 06:00 12.09.2019. O'qildi: 4201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!