Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Vokswagen” xatlangan zahoti, tadbirkorning puli qaytarildi

"Vokswagen” xatlangan zahoti, tadbirkorning puli qaytarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining ijro varaqasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va boshqa moddalari bilan sudlangan A.S., T.S., va CH.S.larga oidjinoyat ishi bo‘yicha, “Egois Ast” MCHJ foydasiga Yakkabog‘ tumanidagi fermer xo‘jaligi hisobidan 37 mln. 213 ming so‘m pub mablag‘larini qaytarib undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari davomida, qarzdorlar ogohlantirilib, ularga mazkur pul mablag‘larini qaytarib to‘lashlik uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, bir necha marotaba huquqiy tushuntirish berilishiga qaramasdan, qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

Shu sababli, joriy yilning 6-sentyabr kuni bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan fermer xo‘jalikka tegishli “Vokswagen” rusumli avtotransport vositasi xatlab olingan.

4 oy davomida to‘lanmagan qarzdorlik shu kunning o‘zida bartaraf etildi.

Kiritildi: 22:05 12.09.2024. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!