Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtaydi

Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtaydi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 30 mart kuni qator yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilingan.

Ular:

— 733-sonli «Andijon — Toshkent»;
— 730/729-sonli «Toshkent — Andijon — Toshkent»;
— 92-sonli «Toshkent — Andijon»;
— 94-sonli «Toshkent — Andijon».

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlardagi poyezdlar harakati o‘zgartirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Xususan, 2026 yil 30 mart kunli 125/126-sonli «Andijon — Xiva» poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xivagacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

Shuningdek, 129/130-sonli «Andijon — Termiz» poyezdi ham Toshkent Janubiy bekatidan Termizgacha belgilangan jadval asosida qatnaydi.

Mas’ulning bildirishicha, bu cheklovlar Angren–Pop temiryo‘l uchastkasini modernizasiya qilish ishlari bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, tog‘li hududdan o‘tuvchi mazkur uchastkada olib borilayotgan ishlar kelgusida poyezdlar harakatini yanada tezlashtirishga xizmat qiladi.

Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan. Shu bilan birga, xarid qilingan temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib berilishi ma’lum qilingan.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!