Fors ko‘rfazi mamlakatlari hududlariga Eron tomonidan berilgan zarbalar bilan bog‘liq vaziyatni har qanday siyosiy yo‘l bilan hal etish hujum qilmaslik kafolatlarini va hujumlar natijasida yetkazilgan moddiy zarar uchun tovon to‘lashni o‘z ichiga olishi kerak, deb hisoblaydi BAA prezidentining diplomatik maslahatchisi Anvar Gargash.
«Eronning Fors ko‘rfazidagi arab davlatlariga qarshi tajovuzini tartibga solishga qaratilgan har qanday siyosiy yechim kelgusida bunday hujumlar takrorlanishining oldini oluvchi aniq kafolatlarni o‘z ichiga olishi, hujum qilmaslik tamoyilini mustahkamlashi, shuningdek, Eron tomonidan fuqarolik va hayotiy muhim ob’ektlarga, shuningdek, tinch aholiga berilgan zarbalar uchun kompensasiya to‘lanishini ko‘zda tutishi kerak», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
BAAning yuqori lavozimli vakili qo‘shimcha qilishicha, Eron urush boshlanguniga qadar o‘z qo‘shnilarini o‘z niyatlari borasida chalg‘itib kelgan va endilikda Fors ko‘rfazi xavfsizligi uchun asosiy tahdid hisoblanadi.