Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Vladimir Norov Ostonada bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi

Vladimir Norov Ostonada bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Vladimir Norov shu yilning 20 yanvar kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Mazkur uchrashuv Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Shuningdek, unda Qozog‘iston Respublikasi davlat idoralari vakillari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezident huzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari rahbarlari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha ekspertlar ishtirok etadi.

Ekspertlar uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport va energetika, inson kapitalini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Kiritildi: 21:20 19.01.2023. O'qildi: 1997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!