Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Vladimir Norov Jeenbek Kulubayev bilan telefonda muloqot qildi

Vladimir Norov Jeenbek Kulubayev bilan telefonda muloqot qildi

2022-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

V.Norov suhbat avvalida J.Kulubayevni lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar turli sohalarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, yangi mazmun bilan boyigani ta’kidlandi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada jadallashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak tadbirlar jadvali, kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Iliq va do‘stona ruhda o‘tgan suhbat yakunida muntazam aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 18:04 06.05.2022. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!