Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Vitaliy Denisov O‘zbekistonning JCH-2026'dagi imkoniyatlariga baho berdi

Vitaliy Denisov O‘zbekistonning JCH-2026'dagi imkoniyatlariga baho berdi

"Lokomotiv"ning sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak JCH-2026da guruhdan chiqish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va qit’alararo o‘yinlar g‘olibi bilan uchrashadi. Bu pley-off o‘yinlarida Kongo DR, Yamayka va Yangi Kaledoniya o‘zaro to‘qnash keladi.

"Imkoniyatlar har doim bor, faqat ulardan foydalanish kerak. Har qanday holatda ham oson bo‘lmaydi. Kuchli tomonlardan foydalanish kerak va Xudo xohlasa, barchasi yaxshi bo‘ladi," - deya Denisovning so‘zlarini keltiradi "Match TV".

23-bor o‘tkaziladigan jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!