Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda portlash ro‘y berdi

Xitoyda portlash ro‘y berdi

Xitoyning shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston avtonom viloyatidagi zavodda sodir bo‘lgan portlash ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi va besh kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Xinhua agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.

"Yakshanba kuni tushdan keyin Baotou shahrining g‘arbiy qismidagi Baogang United Steel zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi", deyiladi bayonotda.

Qutqaruv xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 66 kishi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.

Voqea joyiga avtonom viloyat va shahardan qutqaruv guruhlari yuborilgan. Portlash sababi tekshirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!