Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh moliya vaziri: "Evropa Rossiyaga qarshilik ko‘rsata olmaydi"

AQSh moliya vaziri: "Evropa Rossiyaga qarshilik ko‘rsata olmaydi"

Tramp ma’muriyati Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi tura olmasligini ko‘rmoqda.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz yevropaliklarning Rossiyaga qarshi tura olmasligini ko‘rib turibmiz", dedi u.

Intervyuda Bessent hozirgi AQSh ma’muriyatining agar Tramp 2020 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonganida Ukrainadagi mojaro boshlanmagan bo‘lar edi, degan bayonotini takrorladi.

"Biz buni hal qilamiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "Rossiya yoki Xitoyning Grenlandiyaga qarshi kelajakdagi har qanday harakatlarining oldini olish uchun" Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shib olmoqchi.

Kiritildi: 08:20 19.01.2026. O'qildi: 3039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!