Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real»dan iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso yana Germaniyada ish boshlashi mumkin

«Real»dan iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso yana Germaniyada ish boshlashi mumkin

Madridning "Real" klubi murabbiyligidan ketgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso Germaniya Bundesligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Bild jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, murabbiyni o‘z safiga qo‘shib olishdan Frankfurtning "Ayntraxt" klubi rahbariyati manfaatdor. Klub sport direktori Matias Kreshe Alonso bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Germaniya Bundesligasida ishlash tajribasiga ega. Uch yil davomida ispaniyalik murabbiy Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqargan. Uning qo‘l ostida "farmasevtlar" Germaniya chempioni bo‘lishdi. Alonso "Real"da so‘nggi yarim yilni o‘tkazdi.

Kiritildi: Bugun 17:06. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!