Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Suriya armiyasi shimoldagi katta hududlarni egalladi

Suriya armiyasi shimoldagi katta hududlarni egalladi

Suriya armiyasi mamlakat shimolidagi hududlarni nazoratga oldi va kurd kuchlarini siqib chiqardi, deb xabar berdi The Guardian.

SANA axborot agentligi Suriya Al-Tabqa shahri va unga tutash to‘g‘on ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatganini xabar qildi. Bundan tashqari, Suriya armiyasi 2024 yil iyun oyida ochilgan Furot daryosi ustidagi Ar-Rashid ko‘prigini portlatdi. Reuters agentligining xabar berishicha, Suriya harbiylari shuningdek Al-Omar neft konini va Konoko gaz konini egallab olishdi.

2025 yil dekabr oyi oxirida kurd kuchlari va Suriya armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qayta boshlandi. 10 yanvarga kelib, hukumat kuchlari Shayx Maqsud va Ashrafiya tumanlarini nazoratga oldi. Uch kundan keyin Suriya Halab sharqidagi hududni taqiqlangan hudud deb e’lon qildi va kurdlarni turar-joy massivlari va armiya pozisiyalariga dronlarni uchirish uchun undan foydalanishda aybladi.

17 yanvarda Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa kurd tilini davlat tili sifatida tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bundan tashqari, 1962 yilgi aholini ro‘yxatga olishda fuqaroligidan mahrum bo‘lgan kurdlarga uni qayta tiklash huquqi berildi.

Kiritildi: 21:13 18.01.2026. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!