Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Viski, uyatsiz gaplar va xaos": Nargiz konsert vaqtida muxlislarga qarab tinmay so‘kindi

A A A
"Viski, uyatsiz gaplar va xaos": Nargiz konsert vaqtida muxlislarga qarab tinmay so‘kindi

Kecha kechga yaqin OAVlarda tomoshabinlar Nargiz Zokirovaning konsertini uning "mast holatdagi hatti-harakatlari" tufayli tark etishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, artist o‘z chiqishi vaqti so‘kingan va tinmay alkogol iste’mol qilgan.

"Tinimsiz so‘kinishlar, baqir-chaqir. Vaholanki, zalda oilaviy kelganlar ham bor edi. Konsert tartibsiz tashkillashtirilgan, Nargiz tinimsiz viski ichar edi. Ixlosimiz qaytib, chiqib ketdik. Konsert tugashini kutib o‘tirmadik", - deb hikoya qilgan MK nashriga konsertga oilasi bilan borgan mahalliy yashovchilardan biri.

Tomoshabinlardan yana birining aytishicha, Nargiz sahnada turib o‘z muammolari haqida arz qilgan, xit taronalar o‘rniga esa tomoshabinlarni uyatsiz so‘zlardan iborat rok qo‘shiqlar bilan "siylagan".

RIA Novosti xabar berishicha, sal o‘tib xonandaning direktori Vladimir Korsunov Nargizning Ussuriyskdagi konserti yaxshi o‘tgani, xonanda hech qachon o‘z chiqishlarini qoldirmasligini va tarqalgan mish-mishlarning barchasi yolg‘onligini ta’kidlagan.

"Mast edi", degani nimasi? Nargiz birorta konsertini keyinga qoldirmadi, bularning hammasi ko‘pirtirilgan yolg‘on: mish-mishlarga ko‘ra, goh u qo‘shiq kuylolmaydi, goh u gapirolmaydi. Bularning barchasi fitnaga yo‘g‘rilgan maqolalar, umuman olganda nega bunday bo‘layotgani shundoq ayon", - deb aytgan Korsunov.

Shu kunlarda Internet tarmog‘ida Nargiz bilan yuz bergan mojarodan so‘ng Maksim Fadeevning yuragi xuruj qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Maksim Fadeev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.

Prodyuser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning o‘zi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.

Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, prodyuser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "go‘yo qamoqda o‘tkazilgan yillar", deya baho bergan.

Nargizning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim.

 

Kiritildi: 10:55 30.10.2019. O'qildi: 11577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!