Germaniya vise-kansleri – Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek Germaniyaning bir qator munisipalitetlari endi migrantlarni qabul qilish imkoniyatiga ega emasligini tan oldi.
Bu haqda u RedaktionsNetzwerk Deutschland gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, federal davlat organlarining ko‘plab vakillari unga yangi muhojirlarni uy-joy bilan ta’minlash imkoniyati yo‘qligini eslatgan.
"Ular menga: Agar shunchalik ko‘p odamlar tez kelishda davom etsa, bizda sport zallaridan boshqa uy-joy qolmaydi", dedi Xabek.
U barcha demokratik partiyalarni bu muammoni hal qilish uchun birlashishga chaqirdi.