Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Visa bilan hamkorlikka muvofiq, TransferGo Markaziy Osiyo, Kavkaz davlatlari va Moldovaga xalqaro xavasiz jo‘natmalari va keshbek olish imkoniyatini taklif etadi

Visa bilan hamkorlikka muvofiq, TransferGo Markaziy Osiyo, Kavkaz davlatlari va Moldovaga xalqaro xavasiz jo‘natmalari va keshbek olish imkoniyatini taklif etadi

London, Buyuk Britaniya – 2024 yil 30 sentyabr – Raqamli to‘lovlar bo‘yicha jahon yetakchisi - Visa jahon miqyosidagi fintech kompaniyasi TransferGo bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Yangi aksiya TransferGo Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqidagi mijozlariga Markaziy Osiyo, Kavkaz, Moldova kabi 9 ta davlatga Visa karta egalariga pul jo‘natish va 5 foizgacha keshbek olish imkonini beradi.

Visa orqali, 1 avgustdan 31 oktyabrgacha Yevropa Ittifoqi yoki Buyuk Britaniya kartasi/bank hisobidan Markaziy Osiyo, Kavkaz yoki Moldovadagi Visa kartalariga 200 yevro (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti) jo‘natgan TransferGo mijozlari 10 yevro (yoki ekvivalenti) miqdorida naqd pul oladilar. Ushbu taklif faqat yangi mijozlar uchun amal qiladi.

Visa bilan hamkorlikka muvofiq, TransferGo Markaziy Osiyo, Kavkaz davlatlari va Moldovaga xalqaro xavasiz jo‘natmalari va keshbek olish imkoniyatini taklif etadi

“Mazkur tashabbus orqali nafaqat pul o‘tkazmalari uchun foydalidir, balki bizning sodda, xavfsiz va qulayroq moliyaviy xizmatlarni taqdim etish va global moliyaviy inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifamizni amalga oshiradi«, deydi TransferGo mintaqaviy rivojlanish menejeri Anastasiya Fomenko.

Uday Kaushik Patel, Visa mijozlar bo‘yicha bosh menejeri: «Qo‘shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, Visa tufayli Olimpiya va Paralimpiya sportchilari Ardan Galymuli, Oksana Chusovitina va Lasha Bekauri Transchegaraviy raqamli to‘lovlar va moliyaviy inklyuzivlik haqida xabardorlikni oshirishda TransferGo'ni qo‘llab-quvvatladilar».

Visa bilan hamkorlikka muvofiq, TransferGo Markaziy Osiyo, Kavkaz davlatlari va Moldovaga xalqaro xavasiz jo‘natmalari va keshbek olish imkoniyatini taklif etadi

TransferGo ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 oyda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Moldovaga o‘tkazilgan tranzaksiyalar hajmi o‘tgan davrga nisbatan 170 foizga, naqd pul aylanmasi hajmi esa 181 foizga oshgan. Ushbu o‘sish tendensiyasi yanada yaxshiroq pul o‘tkazish tizimini yaratish zarurligini ta’kidlaydi.

Chempionlar va qahramonlarni qo‘llab-quvvatlagan xolda, TransferGo yangi «Uydan Tashqarida» marketing kampaniyasini ham boshladi. Ushbu kampaniyada Visa jamoasi atletlarni har kungi qahramonlar - uydagi oilasini qo‘llab quvvatlayotgan TransferGo foydalanuvchilari bilan yelkama yelka suratga tushishdi.

TransferGo haqida:

TransferGo butun dunyo bo‘ylab odamlarga oddiy, xavfsiz va hamyonbop moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi jahonga mashhur fintech kompaniyasidir. 12 yilligini nishonlayotgan TransferGo 160 mamlakatdagi 7 milliondan ortiq mijozlarni qo‘llab-quvvatlash orqali moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etishda davom etmoqda.

Kiritildi: 19:04 07.10.2024. O'qildi: 1625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!