Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Virsning transferi tarixdagi oltinchi eng qimmat transfer. Kimga undan ham ko‘proq pul to‘lashgan?

Virsning transferi tarixdagi oltinchi eng qimmat transfer. Kimga undan ham ko‘proq pul to‘lashgan?

"Liverpul" "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virsni 125 mln yevroga transfer qildi. Bu futbol tarixidagi oltinchi eng qimmat transfer bo‘ldi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Beshinchi o‘rinda "Atletiko" "Benfika"ga 127 mln yevro to‘lagan hujumchi Joau Feliks qayd etilgan. Undan oldinda vinger Usmon Dembele va yarim himoyachi Felippe Koutinyo bormoqda. Har ikki futbolchi "Barselona"ga 135 millionga tushgan.

Ikkinchi eng qimmat transfer Kilian Mbappega tegishli. 2018 yilda "PSJ" futbolchi uchun "Monako"ga 180 mln yevro to‘lagan.

2017 yilda parijliklar Neymar uchun "Barselona"ga 222 mln yevro to‘lagandi - bu futbol tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.

Kiritildi: 20:14 21.06.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!