Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Vinisiusning agentlari klubdan qancha maosh so‘rayotgani aytildi

Vinisiusning agentlari klubdan qancha maosh so‘rayotgani aytildi

Hozirgi vaqtda hujumchi Vinisius Juniorning Madridning «Real» klubi bilan 2027 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha hech qanday alomatlar yo‘q. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» soliqlar chegirib tashlanganidan keyin yiliga 20 million yevro maosh taklif qilishgan, biroq braziliyalik futbolchining agentlari 30 million yevrodan sal kamroq mablag‘ so‘rashgan. Ayni damda Vinisiusning maoshi 17 million yevroni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, so‘ralgan 30 million yevro o‘z ichiga asosiy maosh, natijadorlik uchun bonuslar va shartnomani uzaytirganlik uchun beriladigan bonus summasini qamrab olgan. Bungacha klub boshqa futbolchilarga bunday shartlarni taklif qilmagan edi. 2025 yilning yozidan beri Vinisiusning mehnat shartnomasini uzaytirish masalasida sezilarli ilgarilash kuzatilmagan.

Kiritildi: 23:51 24.04.2026. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!